NUR
4 Shohlar 13
1Yahudo shohi Yo‘sh shohligining yigirma uchinchi yilida Yohuxoz Samariyada Isroil taxtiga o‘tirdi va o‘n yetti yil hukmronlik qildi. Yohuxoz Yohuning o‘g‘li edi.
2Yohuxoz Egamiz oldida qabih ishlar qildi va Isroilni gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yeribomning qilgan gunohlariga ergashdi. U qabih yo‘lidan aslo qaytmadi.
3Shuning uchun Egamiz Isroildan g‘azablandi va Isroil xalqini uzoq vaqt Oram shohi Xazayil bilan Xazayilning o‘g‘li Banhadadning qo‘liga berib qo‘ydi.