NUR
2 Korinfliklarga 8
1Endi birodarlar, Xudoning Makedoniyadagi jamoatlarga ko‘rsatgan inoyati haqida sizlarga aytmoqchimiz.
2Ular og‘ir kulfatlarga yo‘liqib, sinalgan bo‘lsalar–da, jo‘shqin bir sevinchga to‘lib toshdilar, o‘ta kambag‘al bo‘lsalar–da, yuraklari saxiylikka boy ekanligini ko‘rsatdilar.
3Ular o‘z xohishlari bilan, qo‘llaridan kelgancha, hatto imkonlaridan ortiq xayr–ehson berganlariga men shohidman.