NUR

2 Solnomalar 5

1Shunday qilib, Sulaymon Egamizning uyiga oid hamma ishlarni bitirdi. So‘ngra u otasi Dovud nazr qilgan narsalarni olib kelib, kumush, oltin va hamma buyumlarni Xudoning uyi xazinasiga qo‘ydi.

2Shundan so‘ng Sulaymon Isroil oqsoqollarini, hamma qabila yo‘lboshchilarini, Isroil xalqi urug‘boshilarini Quddus shahriga to‘pladi. U Egamizning ahd sandig‘ini Dovud qal’asidan — Siondan Egamizning uyiga olib kelmoqchi edi.

3Ularning hammasi yettinchi oyda nishonlanadigan Chayla bayrami paytida shohning huzuriga yig‘ilishdi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →