NUR
2 Solnomalar 21
1Yohushafat olamdan o‘tdi. U ham Dovud qal’asida ota–bobolari yoniga dafn qilindi, uning o‘rniga o‘g‘li Yohuram shoh bo‘ldi.
2Yohuramning Ozariyo, Yoxiyol, Zakariyo, Ozariyohu, Mikoyil, Shafatiyo degan ukalari bor edi. Bularning hammasi Yahudo shohi Yohushafatning o‘g‘illari edi.
3Otasi ularga ko‘p miqdorda oltinu kumush va qimmatbaho ashyolar bilan birga Yahudo yurtidagi mustahkam shaharlarni hadya etgan edi. Yohuramni esa to‘ng‘ich o‘g‘il bo‘lgani uchun taxt vorisi qilgan edi.