NUR

2 Solnomalar 19

1Yahudo shohi Yohushafat Quddusdagi saroyiga sog‘–salomat qaytib keldi.

2Xonin o‘g‘li valiy Yohu shoh Yohushafat bilan uchrashgani borib, unga dedi: “Qabihlarga yordam berib, Egamizdan nafratlanganlarni yaxshi ko‘rish to‘g‘rimi? Qilgan bu ishing uchun Egamiz sendan g‘azablandi.

3Shunga qaramay, sen yaxshi ishlar ham qilgansan. Sen Asheraning ustunlarini Yahudo yurtidan yo‘q qilgansan, butun yuraging bilan Xudoga intilishga qat’iy qaror etgansan.”

Nur ilovasida to'liq o'qish →