NUR
1 Shohlar 9
1Benyamin qabilasida Kish degan bir odam bor edi. Kish — Abilning o‘g‘li, Abil — Zarorning o‘g‘li edi. Zaror — Baxuratning, Baxurat — Ofiyoxning o‘g‘li edi. Benyamin qabilasidan bo‘lgan Kish ancha obro‘li odam edi.
2Uning Shoul degan yosh, chiroyli bir o‘g‘li bor edi. Isroil xalqi orasida Shouldan chiroyli odam yo‘q edi. Har qanday odamning bo‘yi uning yelkasidan kelardi.
3Bir kuni Kishning eshaklari yo‘qolib qoldi. Kish o‘g‘li Shoulga: — Xizmatkorlardan birini yoningga olgin–da, borib, eshaklarni topib kel, — dedi.