NUR

1 Shohlar 6

1Egamizning sandig‘i Filistlar hududida yetti oy qolib ketdi.

2Filistlar o‘zlarining ruhoniylari va folbinlarini chaqirib: — Isroil Xudosining sandig‘ini nima qilamiz, uni o‘z yeriga qanday qaytaramiz? Bizga o‘rgating, — deyishdi.

3Ruhoniylar bilan folbinlar shunday javob berdilar: — Isroil Xudosining sandig‘ini orqaga qaytaradigan bo‘lsangizlar, bo‘sh qaytarmanglar. Isroil Xudosiga albatta aybingizni yuvadigan nazr atanglar. O‘shanda shifo topib, Xudo nima uchun sizlarni jazolayotganini bilib olasizlar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →