NUR
1 Shohlar 28
1O‘sha kunlarda Filistlar Isroil lashkari bilan urush qilmoqchi bo‘lib, lashkarlarini to‘plashdi. Oxish Dovudga: — Bilib qo‘y, sen odamlaring bilan albatta men tomonda jang qilasizlar, — deb ta’kidladi.
2— O‘shanda siz men, qulingizning nimalar qilishimni ko‘rasiz, — dedi Dovud. — Yaxshi, — dedi Oxish, — sen doimo mening shaxsiy qo‘riqchim bo‘lib qolasan.
3Shomuil olamdan o‘tganda, butun Isroil xalqi unga aza tutgan va uni o‘z shahri Ramaga dafn qilishgan edi. Shoul esa arvoh chaqiruvchilarni va folbinlarni yurtdan yo‘qotib yuborgan edi.