NUR

1 Shohlar 27

1Dovud: “Bir kun Shoulning qo‘lida nobud bo‘lsam kerak”, deb o‘ylardi. “Yaxshisi, Filistlar yerlariga qochib qolay. O‘shanda Shoul Isroilning har burchagidan meni qidirib yurishdan voz kechadi, men ham uning qo‘lidan qutulib qolaman.”

2Shunday qilib, Dovud va uning yonidagi olti yuz kishi oilalari bilan yo‘lga otlanib, Gat shohi Oxish tomoniga o‘tib ketishdi. Shoh Oxish Moyux deganning o‘g‘li edi.

3Hammalari oilalari bilan birga Gatda Oxishning yonida joylashishdi. Dovud ham ikkala xotini — Yizrillik Oxinavam va Karmillik Navolning bevasi Obigayl bilan joylashdi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →