NUR

1 Shohlar 22

1Shundan so‘ng Dovud u yerdan chiqib, Adullam shahri yaqinidagi g‘orga qarab qochdi. Akalari va jamiki ota xonadoni bu haqda eshitib, o‘sha yoqqa — Dovudning yoniga kelishdi.

2Ezilgan, qarzini to‘lashga qurbi yetmagan, norozi odamlar Dovudning atrofiga to‘planishdi. Dovud ularga bosh bo‘ldi. Unga ergashganlar to‘rt yuztacha edi.

3Dovud u yerdan Mo‘abdagi Mispax shahriga borib, Mo‘ab shohidan iltimos qildi: “Ijozat bering, Xudo meni nima qilmoqchiligi ma’lum bo‘lguncha, ota–onam yoningizda qolsin.”

Nur ilovasida to'liq o'qish →