NUR
1 Shohlar 12
1Shundan keyin Shomuil butun Isroil xalqiga dedi: — Menga nima gapirgan bo‘lsangiz, hammasiga quloq soldim. Sizlarning ustingizdan bir shoh tayinladim.
2Endi u sizlarga rahnamolik qiladi. Men esa keksaydim, sochim oqardi. Mana, o‘g‘illarim ham sizlar bilan birga. Yoshligimdan buyon shu kungacha sizlarga yo‘lboshchilik qildim.
3Qani, aytinglar–chi, qaysi biringizning ho‘kizingizni oldim? Kimning eshagini tortib oldim? Kimni tovladim? Kimga zulm qildim? Kimdan pora olib, uning ayblarini ko‘rib–ko‘rmaslikka oldim? Egamizning va U moy surtib tanlagan shohning oldida men haqimda guvohlik bering, sizlardan biror narsa olgan bo‘lsam, qaytarib beray.