NUR
1 Shohlar 11
1Ommon shohi Naxosh Giladdagi Yobosh shahriga kelib, u yerni qamal qildi. Hamma Yoboshliklar Naxoshga: — Biz sen bilan sulh tuzib, senga itoat etamiz, — deyishdi.
2Ommon shohi Naxosh: — Faqat bir shart bilan sulh tuzaman, — dedi. — Har biringizning o‘ng ko‘zingizni o‘yib olaman–da, butun Isroil xalqini badnom qilaman.
3Yobosh shahrining oqsoqollari Naxoshga shunday deyishdi: — Bizga yetti kun muhlat ber, Isroilning hamma hududiga xabarchilar jo‘nataylik. Agar bizga najot beradigan kimsa chiqmasa, senga taslim bo‘lamiz.