NUR
3 Shohlar 2
1Dovudning umri oxirlab borayotgan edi. U o‘g‘li Sulaymonga shunday deb vasiyat qildi:
2— Endi mening ham umrim oxirlab boryapti. Sen qat’iy irodali, mardonavor bo‘l.
3Egangiz Xudo qo‘ygan talablarni bajar. Musoning Tavrotida yozilganiday, Uning yo‘lidan yurib, farmon va amrlariga, qonun–qoidalari va shartlariga rioya qil. Shunda nima qilsang ham, qayerga borsang ham, har doim baraka topasan.