NUR

3 Shohlar 16

1Egamiz Isroil shohi Bashoga Xonin o‘g‘li Yohu orqali shu so‘zlarni ayon qilgan edi:

2— Seni Men tuproq ostidan chiqarib yuksaltirdim. Seni xalqim Isroilning hukmdori qildim. Sen esa Yeribomning yo‘lidan ketib, xalqim Isroilni gunohga botirding. Gunohlaringiz Meni g‘azablantirdi.

3Mana ko‘rasan, Nabat o‘g‘li Yeribom xonadoni singari, sening oilangni ham ildizidan quritaman.

Nur ilovasida to'liq o'qish →