NUR
3 Shohlar 11
1Shoh Sulaymon fir’avnning qizidan boshqa yana Mo‘ablik, Ommonlik, Edomlik, Sidonlik va Xet xalqidan ko‘pgina ajnabiy ayollarga ko‘ngil qo‘ydi.
2Egamiz Isroil xalqiga bu xalqlar haqida gapirib, shunday degan edi: “Ularga qiz bermanglar ham, qiz olmanglar ham. Aks holda ular ko‘nglingizni o‘z xudolariga rom qilib qo‘yadilar.” Sulaymon esa o‘sha ayollarga shahvat bilan yopishdi.
3Uning yetti yuzta xotini shohlar qizlaridan bo‘lib, uch yuzta kanizagi ham bor edi. Xotinlari sababli shoh begona xudolarga yuz burdi.