NUR

1 Yuhanno 4

1Ey azizlarim, menda Xudoning Ruhi bor, degan har qanday odamga ishonib ketavermanglar. Har bir odamni sinanglar, u Xudodan yoki Xudodan emasligini bilinglar, chunki dunyoda soxta payg‘ambarlar ko‘payib ketgan.

2Odamda Xudoning Ruhi borligini shundan bilib olsangiz bo‘ladi: Iso Masih inson bo‘lib kelganini tan oladigan har bir odam Xudodandir.

3Buni tan olmaydigan odam esa Xudodan emas. Bunday odamdagi ruh Masihning dushmanidandir. Masihning dushmani kelishini sizlar eshitgan edingizlar. Mana, hozirdan u dunyoda.

Nur ilovasida to'liq o'qish →