NUR

1 Korinfliklarga 14

1Sevgining payida bo‘linglar, shuningdek, Muqaddas Ruh beradigan in’omlarni olishga, ayniqsa insonlarga Xudoning so‘zini yetkazishga intilinglar.

2Kim noma’lum tilda gapirsa, insonlarga emas, Xudoga gapiradi, chunki uni hech kim tushunmaydi. U Ruhdan ilhomlanib, sirlarni gapiradi.

3Xudoning so‘zini yetkazadiganlar esa odamlarni imonda mahkam turishga undaydilar, ularga dalda beradilar, yupatadilar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →