NUR

1 Korinfliklarga 13

1Agar men insonlarning va farishtalarning tillarida gapirsam–u, lekin sevgim bo‘lmasa, jaranglaydigan mis cholg‘u, yangraydigan zang bo‘lib qolaman.

2Agar menda Xudoning so‘zini yetkazish in’omi bo‘lsa, butun sirlardan voqif bo‘lib, har qanday bilimga ega bo‘lsam, agar tog‘larni ko‘chiradigan imonga ega bo‘lsam–u, lekin sevgim bo‘lmasa, men hech narsaga arzimas inson bo‘lib qolaman.

3Bor mulkimni muhtojlarga taqsimlab bersam, menga sharaf keltirsin deb, hatto qiynoqlarga rozi bo‘lsam–da, lekin sevgim bo‘lmasa, bularning menga foydasi yo‘q.

Nur ilovasida to'liq o'qish →