NUR
1 Solnomalar 24
1Horun nasli xizmat uchun guruh–guruhlarga bo‘lindi. Horunning Nadov, Abihu, Elazar va Itamar ismli to‘rt o‘g‘li bor edi.
2Lekin Nadov bilan Abihu otalaridan oldin, o‘g‘il ko‘rmasdan vafot etganlari uchun, Elazar bilan Itamar ruhoniy bo‘ldilar.
3Shoh Dovud Horun naslini bajaradigan vazifalariga ko‘ra, guruhlarga bo‘ldi. Unga bu ishda Elazar naslidan bo‘lgan Zodo‘x va Itamar naslidan bo‘lgan Oximalek yordam berdilar.