NUR
1 Solnomalar 20
1Bahor boshlanib, shohlar urushga ketadigan payt ham bo‘ldi. Yo‘ab lashkarni jangga boshladi. Ular Ommon yurtini yakson qilib, Rabba shahrini qamal qilishdi. Dovudning o‘zi Quddusda qolgan edi. Yo‘ab Rabbaga hujum qilib, shaharni qo‘lga kiritdi.
2Dovud Rabbaga yetib borgach, ularning shohi boshidagi tojni oldi. Toj ikki pud oltindan yasalgan bo‘lib, qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan edi. Toj Dovudning boshiga qo‘ndi. Dovud shahardan katta miqdorda o‘lja ham yig‘di.
3U shahar aholisini arra, cho‘kich va bolta bilan qilinadigan ishlarga majbur qildi. Dovud Ommon shaharlarining hammasida shu usulni qo‘lladi. Shundan keyin u hamma lashkarini boshlab, Quddusga qaytib ketdi.