NUR
1 Solnomalar 19
1Oradan bir qancha vaqt o‘tgach, Ommon shohi Naxosh olamdan o‘tib, o‘rniga o‘g‘li Xanun shoh bo‘ldi.
2Dovud: “Naxosh menga sodiq edi, men ham uning o‘g‘li Xanunga sodiq bo‘layin”, deb ko‘nglidan o‘tkazdi. Shunday qilib, Dovud Xanunga otasi vafoti munosabati bilan tasalli berish uchun o‘z elchilarini jo‘natdi. Dovudning elchilari Xanunga tasalli bergani Ommon yurtiga borishgach,
3Ommon beklari Xanunga shunday deb o‘rgatishdi: “Dovud bu odamlarini otangiz hurmati uchun jo‘natgan, deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, bu elchilar sizning huzuringizga yomon niyat bilan kelishgan, ular yurtni kuzatib, tekshirib, keyin qo‘lga kiritishmoqchi.”