NUR

1 Solnomalar 15

1Dovud o‘zi uchun Dovud qal’asida uylar barpo qildi. Xudoning sandig‘i uchun ham joy tayyorlab, chodir qurdi.

2Keyin u shunday amr berdi: “Xudoning sandig‘ini faqat levilar ko‘tarib yursin. Zero, Egamiz O‘z sandig‘ini ko‘tarib yurish uchun levilarni tanlagandir. Ularni O‘ziga abadiy xizmat qilish uchun tanlab olgandir.”

3Dovud o‘zi tayyorlagan joyga Egamizning sandig‘ini olib kelish uchun jamiki Isroil xalqini Quddusda to‘pladi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →