NUR

1 Solnomalar 13

1Dovud har bir lashkarboshi — mingboshi va yuzboshi bilan maslahatlashdi.

2So‘ng butun Isroil jamoasiga dedi: “Shoh Shoul davrida biz Xudoyimizning ahd sandig‘iga e’tiborsiz bo‘lib keldik. Bordi–yu, siz buni lozim topsangiz va bunga Egamiz Xudoning irodasi bo‘lsa, kelinglar, ahd sandig‘ini qaytarib olib kelaylik. Buning uchun butun Isroil bo‘ylab xabar jo‘natib yurtdagi jamiki qarindosh–urug‘larimizni shu yerga yig‘aylik, o‘z shaharlarida yashaydigan ruhoniyu levilar ham oldimizga yig‘ilib kelishsin.”

3Butun jamoaga bu taklif ma’qul tushib, hamma taklifga rozi bo‘ldi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →