NUR
Zafaniyo 1
1Yahudo yurtida Omon o‘g‘li shoh Yo‘shiyo hukmronlik qilgan davrda Zafaniyoga Egamiz O‘z so‘zini ayon qildi. Zafaniyo shoh Xizqiyo avlodidan bo‘lib, Kushining o‘g‘li, Gadaliyoning nevarasi va Emoriyoning evarasi edi.
2Egamiz shunday demoqda: “Men yer yuzidagi hammani Gard qoldirmay supurib tashlayman.
3Ha, Men odamlaru hayvonlarni, Ko‘kdagi qushlaru Dengizdagi baliqlarni supurib tashlayman. O‘sha hayvonlar tasviridagi butlarni parchalayman. Ular qatorida fosiqlarni ham yo‘q qilaman, Yer yuzidagi butun inson zotini Ildizidan quritib yuboraman. — Egamizning kalomi shudir. —