NUR

Zakariyo 7

1Shoh Doro hukmronligining to‘rtinchi yili, to‘qqizinchi oyi edi. Mana shu Xislav oyining to‘rtinchi kunida Egamiz O‘z so‘zini Zakariyoga ayon qildi.

2Bundan oldin Baytil aholisi Egamizdan iltifot so‘rash uchun Sarizar, Raxemmalek va ularning odamlarini Ma’badga yuborib, shunday degan edi:

3— Borib, Sarvari Olamning uyida bo‘lgan ruhoniy va payg‘ambarlardan so‘ranglar: “Biz ancha yillardan beri Egamizning uyi vayron qilingan oyda qayg‘urib, ro‘za tutib kelamiz. Shunday qilishda davom etaveraylikmi?”

Nur ilovasida to'liq o'qish →