NUR
Zakariyo 3
1Keyin farishta menga Egamizning farishtasi oldida oliy ruhoniy Yoshua turganini ko‘rsatdi. Yoshuaning o‘ng tomonida esa shayton uni ayblab turgan edi.
2Egamiz shaytonga shunday dedi: — Ey, shayton! Gaplaringning hammasi yolg‘on! Men Quddusni tanlagan Egangman. Men senga aytaman, gaplaring yolg‘on! Axir, bu kishi alangadan qutqarilgan bir o‘tin parchasiday emasmi?!
3Farishtaning oldida turgan Yoshua kir kiyimlarda edi.