NUR

Zakariyo 11

1Ey, Lubnon, och darvozalaringni! Sadr daraxtlaringni olov yondirib tashlasin.

2Ey, sarv daraxti, dod solib, yig‘lagin, Axir, sadr daraxtlari quladi. O‘sha ulug‘vor daraxtlar vayron bo‘ldi. Bashan yurti emanlari, dod solib, yig‘lang, Qalin–qalin o‘rmonlarning daraxtlari Kesib tashlandi axir.

3Ana, eshiting! Cho‘ponlarning yig‘isin, Axir, ko‘m–ko‘k yaylovlar nobud bo‘ldi. Quloq soling sherlarning o‘kirishiga, Axir, Iordan butazorlari nobud bo‘ldi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →