NUR

Zakariyo 1

1Shoh Doro hukmronligining ikkinchi yili, sakkizinchi oyida, Yiddoning nabirasi — Barxiyoning o‘g‘li payg‘ambar Zakariyoga Egamiz O‘z so‘zini ayon qildi.

2Egamiz unga quyidagi xabarni xalqqa yetkazishni buyurdi: Egamiz ota–bobolaringizdan qattiq g‘azablangan edi. Endi Sarvari Olam shunday aytmoqda: — Menga qaytinglar, — demoqda Sarvari Olam. — Shunda Men ham sizlarga qaytaman, — deydi Sarvari Olam.

3Ota–bobolaringizga o‘xshagan bo‘lmanglar. Oldingi payg‘ambarlar Sarvari Olam nomidan ularni shunday deb ogohlantirishgan: — Yomon yo‘ldan va qabih qilmishlaringizdan qaytinglar. Sarvari Olam shunday demoqda: — Garchi Men ota–bobolaringizni ogohlantirgan bo‘lsam–da, ular Mening so‘zlarimga e’tibor bermadilar, Menga quloq solmadilar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →