NUR

Titusga 1

1Xudoning quli va Iso Masihning havoriysi bo‘lgan men — Pavlusdan salom! Xudoning tanlangan odamlari imonda sobit bo‘lsinlar va xudojo‘ylikka chorlovchi haqiqatni bilib olsinlar deb, Xudo meni bu xizmatga tayinladi.

2Havoriy sifatida men ularni abadiy hayotdan umidvor bo‘lishga da’vat etaman. Zero, Xudo abadiy hayotni azaldanoq va’da qilgan. U hech qachon yolg‘on va’dalar bermaydi.

3Belgilangan paytda Xudo abadiy hayotga chorlovchi Xushxabarni bizning voizligimiz orqali ayon etdi. Najotkorimiz Xudo bu Xushxabarni menga topshirib, uni e’lon qilishimni buyurdi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →