NUR
Qo'shiqlar qo'shig'i 4
1Qanday go‘zalsan, ey sevgilim, Qanchalik go‘zalsan! Chachvoning ortidagi ko‘zlaring Kabutarlarday muloyimdir. Gilad qirlaridan yoyilib tushayotgan Qop–qora qo‘ylardaydir sening sochlaring.
2Yuvib–taralgan, juni qirqiladigan, Oppoq echkilardaydir sening tishlaring. Har birining egizi bor, O‘rni hech bo‘sh qolmagan.
3Lablaring qirmizi g‘unchalardaydir, Og‘zing ham juda go‘zal. Chachvoning ortidagi yonoqlaring esa Anorlarday qip–qizil.