NUR
Qo'shiqlar qo'shig'i 3
1Kechqurun o‘rnimda yotganimda, Butun qalbim bilan sevgan oshig‘imni qo‘msadim. Juda qo‘msadim, lekin uni topolmadim.
2Endi turib, shaharga chiqaman. Shahar maydonlariyu, ko‘chalarida yurib, Sevgilimni izlayman. Izladim–u, ammo uni topolmadim.
3Qo‘riqchilar shaharni kezib yurib, Meni ko‘rib qolishdi. Ulardan: “Sevgilimni ko‘rmadingizmi?” deb so‘radim.