NUR
Rut 3
1Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, Rutga qaynanasi Naima shunday dedi: — Qizim, birortasi bilan ro‘zg‘or qilsang, o‘zingga yaxshi bo‘larmidi. Men senga qayliq topib berishim lozim.
2O‘sha Bo‘az bizning qarindoshimiz, sen uning cho‘rilari bilan birga bo‘lgan eding–ku. Bilasanmi, shu kuni kechqurun u xirmonda arpasini yanchiydi.
3Endi sen yuvinib–taranib, chiroyli kiyimlaringni kiy, keyin xirmonga bor. Lekin Bo‘az yeb–ichib bo‘lmaguncha, unga ko‘rinma.