NUR
Rut 2
1Naimaning Bo‘az degan qarindoshi bo‘lib, anchagina obro‘li, badavlat odam edi. U Naimaning marhum eri Elimalek urug‘idan edi.
2Bir kuni Mo‘ablik Rut Naimaga: — Men dalaga bormoqchi edim. Kim iltifot ko‘rsatsa, o‘sha daladan boshoq terib kelardim, — dedi. — Mayli, boraver, qizim, — dedi Naima.
3Rut ketdi. Dalaga yetib kelib, o‘roqchilarning orqasidan to‘kilgan boshoqlarni tera boshladi. Qarangki, bu dala Elimalekning qarindoshi Bo‘azniki ekan.