NUR
Rut 1
1Isroilda hakamlar hukmronligi davrida bir muddat ocharchilik bo‘lgan edi. Bir odam xotini va ikki o‘g‘li bilan birga birmuncha vaqt yashash niyatida Mo‘ab yurtiga jo‘nadi. U Yahudoning Baytlahm shahridan edi.
2U odamning nomi Elimalek, xotinining oti Naima, o‘g‘illarining ismlari esa Maxlo‘n va Xilyon edi. Bu oila Yahudoning Baytlahm shahridan — Efratlik edi. Ular Mo‘ab yurtiga borib, o‘sha yerda yashab qoldi.
3Ular o‘sha yerda yashayotganlarida, Elimalekning ajali yetdi. Naima ikki o‘g‘li bilan qoldi.