NUR
Rimliklarga 16
1Men Kenxreya shahridagi jamoatda xizmat qilayotgan opamiz Fivani sizlarga tanishtiray.
2Sizlar Xudoning azizlarisiz, shuning uchun Rabbimiz Iso haqi Fivani mehmondo‘stlik bilan qabul qilinglar. U nimaga muhtoj bo‘lsa, yordam beringlar. Zero, u ko‘plarga, ayniqsa menga ko‘p yordam ko‘rsatgan.
3Priskilla va Akilga salom ayting, ular men qatori Iso Masihning xizmatidalar.