NUR

Rimliklarga 13

1Har bir inson o‘zining ustidan hukmron bo‘lgan hokimiyatga bo‘ysunsin. Chunki Xudo buyurmagan hokimiyat yo‘q, mavjud bo‘lgan har bir hokimiyatni esa Xudo tayin etgan.

2Shuning uchun hokimiyatga qarshilik ko‘rsatgan odam Xudo o‘rnatgan tartibga qarshi chiqqan bo‘ladi. Qarshilik qiluvchilar esa o‘zlarini o‘zlari hukmga duchor qiladilar.

3Yaxshilik qilganlar emas, yomonlik qilganlar hukmronlardan qo‘rqishlari kerak. Hokimiyatdan qo‘rqmaslikni istaysanmi? Unda yaxshilik qilib yur, shunda boshliqning maqtoviga sazovor bo‘lasan.

Nur ilovasida to'liq o'qish →