NUR

Rimliklarga 12

1Shunday qilib, ey birodarlarim, Xudoning marhamati haqi sizlarga yolvoraman. O‘z tanangizni tirik, muqaddas va Xudoga manzur bo‘ladigan qurbonlik sifatida bag‘ishlang. Mana shu Xudoga loyiq bo‘lgan asl xizmatdir.

2Bu dunyoga moslashmanglar, fikr–zikringizni yangilab, tubdan o‘zgaringlar. Shunda Xudoning irodasini tushuna oladigan bo‘lasiz, ya’ni nima yaxshi, Xudoga manzur va mukammal ekanligini bila oladigan bo‘lasiz.

3Menga berilgan inoyatdan foydalanib, sizlarga aytyapman. O‘zingizga haddan tashqari yuqori baho bermanglar. Aksincha, Xudo har bir kishiga qancha imon bergan bo‘lsa, shunga ko‘ra fikr qilib, aqli raso odamlar bo‘linglar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →