NUR
Rimliklarga 11
1Shunday qilib, yana bir savolim bor. Nahotki Xudo O‘z xalqini rad qilgan bo‘lsa? Yo‘q, aslo! Men o‘zim Isroil xalqidan bo‘lib, Ibrohimning avlodidanman, Benyamin qabilasiga tegishliman–ku!
2Xudo azaldan tanlab olgan xalqini rad qilgani yo‘q. Muqaddas Bitiklarda Ilyos payg‘ambar haqida nima yozilgani esingizda yo‘qmi?! U Isroil xalqidan shikoyat qilib, Xudoga shunday degan edi:
3“Ey, Egam, Isroil xalqi qurbongohlaringni buzdi, payg‘ambarlaringni qilichdan o‘tkazdi. Yolg‘iz men qoldim, xolos. Endi jonimni olish uchun meni ham qidirib yuribdilar.”