NUR
Rimliklarga 1
1Men, Iso Masihning quli bo‘lgan Pavlusdan, Rimdagi birodarlarimga salom! Men havoriylikka da’vat etilganman, Xudoning Xushxabarini yoyish uchun tanlanganman.
2Muqaddas Bitiklarda yozilganday, Xudo bu Xushxabarni beraman, deb, O‘z payg‘ambarlari orqali va’da bergan edi.
3Bu Xushxabar insoniy jihatdan Dovudning zurriyoti bo‘lgan Xudoning O‘g‘li haqidadir.