NUR

Vahiy 8

1Qo‘zi yettinchi muhrni yechganda, osmon yarim soatcha sukunatda qoldi.

2Men Xudoning huzurida turgan yettita farishtani ko‘rdim. Ularning har biriga bittadan karnay berildi.

3Boshqa bir farishta kelib, qurbongohning oldida turdi. Uning qo‘lida oltin otashkurak bor edi. Unga ko‘p xushbo‘y tutatqilar berildi. U bu tutatqilarni barcha Xudo azizlarining ibodatlariga qo‘shib, taxt oldida turgan oltin qurbongoh ustida nazr qilishi kerak edi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →