NUR

Vahiy 7

1Shundan keyin men yer yuzining to‘rt burchagida turgan to‘rt nafar farishtani ko‘rdim. Ular to‘rtta shamolni tutib turar edilar. Shamolning esishiga, yerga, dengizga, biron daraxtga tegishiga yo‘l qo‘ymas edilar.

2So‘ngra men sharqdan kelayotgan boshqa bir farishtani ko‘rdim. U barhayot Xudoning muhrini olib kelayotgan edi. Yeru dengizga zarar yetkazish qudrati berilgan to‘rtta farishtaga u baland ovozda shunday xitob qildi:

3“Yerga, dengizga va daraxtlarga zarar yetkazmay turinglar. Biz Xudoyimizning qullari peshanalariga muhr bosib olaylik!”

Nur ilovasida to'liq o'qish →