NUR
Vahiy 16
1Bundan keyin men Ma’baddan kelayotgan baland bir ovozni eshitdim. O‘sha ovoz yettita farishtaga shunday dedi: “Boringlar, Xudoning g‘azabiga to‘lib–toshgan yetti kosadagi balolarni yerga to‘kinglar.”
2Birinchi farishta borib, kosasidagini yerga to‘kdi. Mahluqning tamg‘asi bosilgan va uning tasviriga sajda qilgan odamlarda og‘ir, jirkanch yaralar paydo bo‘ldi.
3Ikkinchi farishta kosasidagini dengizga to‘kdi. Dengiz o‘likning qoniga o‘xshab qoldi. Dengizdagi hamma jonivorlar qirilib ketdi.