NUR

Vahiy 14

1Men Sion tog‘ida Qo‘zining turganini ko‘rdim. Qo‘zi bilan birga 144.000 kishi bor edi. Ularning peshanalariga Qo‘zining va Otasining ismi yozilgandi.

2Shunda men osmondan bir tovush eshitdim. Bu tovush dengizning shovullashiday, gumburlagan momaqaldiroq tovushiday edi. U xuddi arfa chalayotgan cholg‘uchilarning kuyiga o‘xshardi.

3O‘sha 144.000 kishi taxt oldida, to‘rtta jonli mavjudot va oqsoqollar oldida yangi bir qo‘shiq kuylayotgan edilar. Dunyodan qutqarib olingan bu 144.000 kishidan boshqa hech kim bu qo‘shiqni o‘rgana olmas edi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →