NUR

Vahiy 10

1Men osmondan tushayotgan boshqa kuchli bir farishtani ko‘rdim. U bulutga burkangan edi. Uning boshi uzra kamalak bor edi. Yuzi quyoshday porlar, oyoqlari olov ustunlariday lovullab turar edi.

2Uning qo‘lida kichkinagina ochilgan o‘rama qog‘oz bor edi. U o‘ng oyog‘ini dengiz ustiga, chap oyog‘ini yer yuziga qo‘yganicha,

3sher o‘kirganday qattiq hayqirdi. U hayqirganda yettita momaqaldiroq ham tilga kirib, gulduros ovoz bilan gapira boshladi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →