NUR

Zabur 92

1Egamiz shohdir, U ulug‘vorlikka burkangan, Ulug‘vorlikka burkanib, qudrat bilan qurollangan. Olamni mustahkam o‘rnatgan, olam aslo tebranmas.

2Sening taxting qaror topgan azaldan, Sen O‘zing mavjudsan azaldan.

3Dengizlar guvullamoqda, ey Egam, Dengizlar hayqirmoqda, ey Egam, Dengizlar to‘lqinlarini ko‘tarmoqda.

Nur ilovasida to'liq o'qish →