NUR
Zabur 77
Osifning qasidasi.
1Quloq soling, ey xalqim, o‘gitlarimga, Quloq tuting og‘zimdan chiqqan so‘zlarga.
2Og‘zimni ochaman masalga, O‘tmishning sirli saboqlarin o‘rgataman sizga.
3Bularni aytgan edi ota–bobolarimiz, Ulardan eshitganmiz, bilamiz.