NUR
Zabur 76
Ijrochilar rahbari Yodutunga. Osifning sanosi.
1Faryod qilib, Xudoga yolvoraman, Eshitgin meni, deb Xudoga hayqiraman.
2Qayg‘uli kunimda Rabbiyga intildim, Tunda qo‘llarimni ko‘tarib iltijo qildim, Jonim tasalli topishni rad etdi.
3Ey Xudo, Seni o‘ylaganimda, Fig‘on chekaman, ruhim zaiflashadi.