NUR
Zabur 73
Osifning qasidasi.
1Ey Xudo! Nechun bizni to abad rad etasan?! Nechun yaylovdagi qo‘ylaringga g‘azabingni sochasan?!
2Azalda O‘zingniki qilib olgan xalqingni yodingda tut. O‘zimning mulkim bo‘lsin, deb qutqargan xalqingni, O‘zing maskan qilgan Sion tog‘ini yodingda tut.
3Dahshatli bu xaroba tomon qadam bosib ko‘r. Qara, Muqaddas maskandagi borini g‘anim yo‘q qildi.