NUR
Zabur 59
1Ijrochilar rahbariga. “Nilufar gul shahodati” kuyiga aytilgan. Ta’lim uchun. Dovud Oram–Naxrayim va Oram–Zo‘vo xalqi bilan jang qilgandan keyin Yo‘ab qaytib kelib, o‘n ikki ming edomlikni Tuz vodiysida o‘ldirganda, Dovudning aytgan qo‘shig‘i.
2Ey Xudo, bizni tark etding, Mudofaamizni yorib o‘tding, Bizdan g‘azablanding, Endi bizni oldingi holimizga qaytargin!
3Yerni silkitding, yoriqlar ochding, Yoriqlarni tuzatgin, yer tebranmoqda.