NUR

Zabur 4

Ijrochilar rahbariga. Torli asboblar jo‘rligida. Dovud sanosi.

1Ey mening odil Xudoyim! Iltijo qilganimda javob ber! Kulfatda qolganimda meni ozod qilding. Menga shafqat qilib, ibodatimni eshit.

2Ey insonlar, qachongacha sha’nimni yerga urasiz?! Qachongacha puch so‘zlarga ko‘ngil bog‘laysiz?! Qachongacha yolg‘onlarni izlab yurasiz?!

3Unutmangki, Egamiz O‘zi uchun tanlaydi taqvodorni, Iltijo qilganimda, Egamiz eshitadi meni.

Nur ilovasida to'liq o'qish →